Ukrainadagi mehnat migrantlari orasida O‘zbekistonning taxminan 700 ga yaqin fuqarosi bor — UNIAN.
"Ukrainada mehnat migrantlarini jalb qilish uchun katta ehtiyoj mavjud bo‘lib, bu urush yillarida tobora kuchayib bormoqda. Biroq, Ukrainada ishlashni xohlovchilar soni kamayib bormoqda", dedi Ukrainaning “Ofis migrasionnoy politiki” tashkiloti rahbari Vasiliy Voskoboynik.
"Urush davrida berilgan ruxsatnomalar soni sezilarli darajada kamaydi. 2024 yilda 6 mingga yaqin mehnat ruxsatnomasi berilgan. 2025 yilda men hali raqamlarni ko‘rmadim, lekin butun mamlakat bo‘yicha 8-9 mingta ruxsatnoma berilgan", — dedi mutaxassis.
Voskoboynikning so‘zlariga ko‘ra, urushdan oldin, 2021 yilda Ukrainaga ishga joylashish uchun 24 mingta ruxsatnoma berilgan yoki uzaytirilgan.
"Ajablanarlisi shundaki, 2024 yilda Bangladesh va Pokistondan butun mamlakat bo‘ylab bir necha yuz kishi bor edi. Eng ko‘p ishchilar bu Turkiya, O‘zbekiston, Ozarboyjondan", — dedi u.
Voskoboynikning ta’kidlashicha, 2024 yilda eng ko‘p ruxsatnomani Turkiya fuqarolari olgan - 1 mingga yaqin. Keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston - 700 ga yaqin, Hindiston - 500, Ozarboyjon - 400, Xitoy - 350, Bangladesh - 319, Pokiston - 205 va Nepal – 146.