Jurnalist Shokir Sharipovning ma’lum qilishicha, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida ayrim fermerlar pilla shartnomasini tuzishga majburlanyapti.
Fermerlarda tut bargi yetishmasligi va o‘tgan yilgi to‘lovlar to‘liq amalga oshirilmagani sababli ular shartnoma tuzish istagi yo‘q. Shunga qaramay, fermerlarni bir joyga to‘plab, bosim o‘tkazilayotgani ta’kidlanmoqda.
Hozircha rasmiy idoralardan izoh berilmagan.