Suriyada Bashar al-Assad rejimi qulaganidan keyin Isroil strategik harbiy ob’ektlarni yo‘q qilishga qaratilgan bir qator keng ko‘lamli hujumlarni amalga oshirdi. Amerikaning Wall Street Journal gazetasining yozishicha, amaliyotlar nishoni kimyoviy qurollar, raketalar va keyinchalik islomiy guruhlar, jumladan Hayat Tahrir ash-Sham terror tashkiloti qo‘liga tushishi mumkin bo‘lgan boshqa qurollar bo‘lgan.
Isroil harbiylari, ta’kidlanganidek, Suriyadagi yuzlab ob’ektlarni, jumladan, qurol-yarog‘ omborlarini vayron qilgan - buning uchun ular so‘nggi yillarda to‘plangan razvedka ma’lumotlaridan foydalangan.
«Biz mintaqa xavfsizligiga tahdid soladigan barcha narsalarni yo‘q qilishga sodiqmiz», dedi Isroil hukumati vakili.
Damashq yaqinida Isroil tanklari borligi haqidagi xabarlarga qaramay, Isroil rasmiylari o‘rnatilgan bufer zonadan tashqarida quruqlikdagi kuchlar qo‘llanilganini rad etishmoqda.
«Biz strategik qurollar, jumladan, kimyoviy urush agentlari va uzoq masofali raketalar Isroil va dunyoga tahdid solishi mumkin bo‘lgan ekstremistlar qo‘liga tushishining oldini olmoqchimiz», — dedi Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar.