Isroil Hizbulloh bilan 2024 yil noyabr oyi oxirida tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga binoan Livan janubidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi.
Qo‘shinlarni olib chiqishning birinchi bosqichi Isroil-Livan chegarasi yaqinida joylashgan Al-Xiam qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Operasiyada AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari general Maykl Kurilla hozir bo‘lgan.
AQSh va Fransiya vositachiligida tuzilgan sulh bitimida Livan janubi Livan armiyasi va BMT tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida bo‘lishi ko‘rsatilgan. Isroil qo‘shinlari mintaqani tark etishi, Hizbulloh esa og‘ir qurollarini chegaradan 25 km uzoqlikda olib chiqishi kerak. Bu bir necha oy davom etgan shiddatli janglarga barham beradi.