Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil G‘azoda 208 nafar jurnalistning qotiliga aylandi

Isroil G‘azoda 208 nafar jurnalistning qotiliga aylandi

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumlarida halok bo‘lgan jurnalistlar soni 208 nafarga yetdi. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bayonotga ko‘ra, Isroil harbiylarining oxirgi qurboni falastinlik jurnalist Hussam Shabat bo‘lgan.

Bayonotda barcha ommaviy axborot vositalari va radioeshittirish tashkilotlari, xususan, Xalqaro Jurnalistlar Federasiyasi va Arab Jurnalistlar Federasiyasiga chaqiriladi.

"Biz Isroil va AQSh bilan birga genosid jinoyatiga sherik bo‘lgan Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya kabi davlatlarni bu shafqatsiz va dahshatli jinoyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga chaqiramiz", — deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 00:37 25.03.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!