Isroil Eron AQSh prezidenti Donald Trampga dronlar yordamida hujum uyushtirishni rejalashtirayotgani haqida Markaziy razvedka boshqarmasiga ma’lumot taqdim etgan. Bu haqda Israel Hayom gazetasi ikki davlat manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu xabardan so‘ng AQShda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Trampning ommaviy chiqishlari cheklangan, ayrim yuqori lavozimli amaldorlar esa himoyalangan ob’ektlarga joylashtirilgan.
Eronning bunday rejasi borligi haqidagi xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan.