Ovedo shahrida istiqomat qiluvchi Lyusiya Rossiya prezidentiga yo‘llagan maktubiga javoban uning imzosi tushirilgan suratni qabul qilib oldi.
RIA Novosti'ning xabar berishicha, ushbu esdalik sovg‘asini topshirish uchun Rossiyaning Ispaniyadagi elchisi Yuriy Klimenko qizaloq va uning oilasini Madridda joylashgan elchixonada qabul qilgan.
Avtografli portretdan tashqari, Lyusiyaga yana ikkita lenta — Georgiy va Rossiya uch rangli lentalari sovg‘a qilindi.
Lyusiya bolaligidan Rossiya xalqini yaxshi ko‘rishini va prezident bilan uchrashish uning eng katta orzusi ekanini aytgan.