Ispaniya terma jamoasining asosiy va qo‘shimcha o‘yin vaqtlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasi UYEFA Millatlar ligasida Angliyaga qarshi bahsda yakunlandi.
Luis de la Fuente boshqarayotgan jamoa musobaqa guruh bosqichining 6-turida angliyaliklarga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mazkur uchrashuvga qadar Ispaniya terma jamoasi ketma-ket 12 ta o‘yinda g‘alaba qozongan edi.
Ispaniyaliklarning asosiy va qo‘shimcha vaqtlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi esa 43 ta uchrashuvga yetgandi.
Jamoa so‘nggi bor 2024 yilning mart oyida Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
O‘shandan keyin Ispaniya terma jamoasi 43 ta bahsda 34 marta g‘alaba qozonib, 9 marta durang qayd etgan.
Shu davr mobaynida ispaniyaliklar 2025 yilgi Millatlar ligasi finalida Portugaliyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan edi.