Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Islomobodda tug‘ruq bo‘limidagi yong‘in chaqaloqlar o‘limiga sabab bo‘ldi

Islomobodda tug‘ruq bo‘limidagi yong‘in chaqaloqlar o‘limiga sabab bo‘ldi

Pokiston poytaxti Islomoboddagi Pokiston tibbiyot fanlari instituti (PIMS) ginekologiya bo‘limida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 14 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi. So‘nggi yangilangan ma’lumotlarda aynan 14 nafar qurbon qayd etilmoqda.

Shifoxona ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in vaqtida bo‘limda 15 nafar chaqaloq bo‘lgan. Kamida bir nafar chaqaloqni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in bolalar palatasidagi kondisioner tizimida yuz bergan nosozlik yoki kompressor portlashi oqibatida kelib chiqqan. Hodisa ertalab soat 7:00 atrofida sodir bo‘lgan.

Yong‘in o‘chirilgan, hududda sovitish va xavfsizlik ishlari olib borilmoqda. Hodisa sabablarini aniqlash uchun rasmiy tekshiruv boshlangan. Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ham zudlik bilan tergov o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergan.

Kiritildi: Bugun 12:36. O'qildi: 185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!