Yarim o‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni Islom Maxachevning yanvar oyida oktagonga qaytishi haqidagi rejalari amalga oshmasligi mumkin, degan xabarlar tarqalmoqda.
Rossiyalik avvalroq o‘z intervyularida yana bir jangni aynan yanvar oyida yoki kamida yil oxirigacha o‘tkazishni xohlashini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq tanaffus qilishni istamagan, formada qolish va chempionlik kamarini faol himoya qilish niyati bor edi.
Ammo yangi ma’lumotlarga ko‘ra, bu rejalar o‘zgargan. Yanvar oyiga mo‘ljallangan bahs tashkil etilmayotgani, shu sababli Maxachevning oktagonga qaytishi keyingi muddatga qoldirilayotgani aytilmoqda. Hozircha promoushen tomonidan rasmiy bayonot berilmadi. Shuningdek, chempionning navbatdagi raqibi va aniq sanasi ham ochiqlanmagan. Sport jamoatchiligi esa Maxachevning keyingi jangi qachon va kimga qarshi bo‘lishini kutib turibdi.