Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Islom Karimov yodga olindi

Islom Karimov yodga olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administrasiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam bo‘ldi.

Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha e’zozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30 yanvar har yili nishonlanadigan bo‘ldi. Toshkentda ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Samarqandga tashriflar chog‘ida Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilish ezgu an’anaga aylandi.

Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat va namunadir. Marosimda ana shunday ehtirom va birdamlik namoyon bo‘ldi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning xalq manfaati yo‘lida qilgan ishlari, fazilatlari yodga olindi.

Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazildi.

Islom Karimov yodga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islom Karimov yodga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islom Karimov yodga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islom Karimov yodga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islom Karimov yodga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islom Karimov yodga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islom Karimov yodga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islom Karimov yodga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islom Karimov yodga olindi

Kiritildi: 12:50 30.01.2025. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!