Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSH: Rossiya bilan manfaatlarimiz mos tushadi, sanksiyalarni bekor qilishimiz mumkin, Zelenskiyning noo‘rin gaplari haqida...

AQSH: Rossiya bilan manfaatlarimiz mos tushadi, sanksiyalarni bekor qilishimiz mumkin, Zelenskiyning noo‘rin gaplari haqida...

AQSh moliya vaziri Skott Bessent Bloomberg agentligiga payshanba kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra, zarurat tug‘ilganda Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish, yumshatish yoki "butunlay bekor qilish" imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.

"AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ham kuchaytirish, ham yumshatishga tayyor", deya vazirning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Bundan tashqari, Bessent Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi ko‘plab bayonotlarini "noo‘rin" deb baholadi.

"Menimcha, uning (Zelenskiyning) Myunxendagi ko‘plab bayonotlari o‘rinsiz edi, - dedi vazir. - U menga Myunxenda minerallar to‘g‘risidagi bitimga imzo chekishini aytgan edi, ammo buni bajarmadi."

Shuningdek, Oq uy AQSh va Rossiya Federasiyasining "Ukraina mojarosini hal etish masalasida manfaatlari mos kelishini" ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:24 20.02.2025. O'qildi: 6324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!