"Men aytganimda mudofaa xarajatlarini oshiring, aks holda Tramp sizga qo‘ng‘iroq qiladi". Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte ittifoqdoshlarga ma’lum qildi.
"Ular [mudofaaga o‘z byudjetining 2 foizini ham sarflamaydigan mamlakatlar] buni kelasi yozgacha bajarishi shart. Men ularga shunday deyapman: agar mening qo‘ng‘iroqlarimga javob bermasangiz, sizga Vashingtondan juda yaxshi bir odam qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. U esa... aytaylik... o‘z maqsadiga erishish uchun kamroq vaqtga ega bo‘lishi mumkin," - deya ta’kidladi u.