Ukraina Qurolli kuchlarining Bryansk viloyatiga kirib borish ehtimoli haqidagi savolni Rossiya Mudofaa vazirligiga berish kerak.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov tayyorlanayotgan hujum haqidagi xabarlarga shunday munosabat bildirdi, deb uning so‘zlarini TASS keltiradi.
Peskovning aytishicha, mudofaa vazirligi Ukrainadagi urushning borishi haqida ko‘proq ma’lumotga ega va u bu masalani harbiylarga yo‘naltirgan.
"Harbiylarimiz maxsus harbiy operasiyani davom ettirmoqda (Rossiyada Ukrainaga qarshi urush shunday ataladi - tahr.), ular barcha jangovar hududlarda vaziyatni kuzatib bormoqda," - dedi Kreml vakili.
Ukraina Qurolli kuchlarining Bryansk viloyatidagi chegarani yorib o‘tish niyati borligini Rossiya telegram-kanallari ma’lum qildi. Shu bilan birga, "harbiy muxbir" Aleksandr Sladkov bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.