Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Sankt-Peterburgda "etnik ko‘z" o‘rnatilmoqda

Ana xolos! Sankt-Peterburgda "etnik ko‘z" o‘rnatilmoqda

Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Sankt-Peterburgdagi sakkiz mingta shahar tashqi kuzatuv kamerasi "etnik o‘ziga xoslik"ni aniqlashga moslashtirilmoqda.

Amaldorlarning ta’kidlashicha, tizim muhojirlar va ularning zich joylashgan hududlarini kuzatish uchun qo‘llaniladi.

Ularning aytishicha, yangi funksiya ommaviy tadbirlar vaqtida xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, turli tillarni biladigan ko‘ngillilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarini tezkor jalb etish imkonini beradi.

Sankt-Peterburg ma’muriyatining millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi Oleg Kapitanov aytishicha, tizim "etnik anklavlar shakllanishiga" qarshi kurashish va "mintaqada ijtimoiy keskinlikning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida profilaktik choralar ko‘rish" uchun ishlab chiqilgan.

"Kommersant" gazetasi yozishicha, etnik mansublikni aniqlash texnologiyasi uchun lisenziya xarid qilishga 38,4 million rubl ajratilgan.

Tashabbus axloqiy nuqtai nazardan bahs-munozara va tanqidlarga sabab bo‘ldi. Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Valeriy Fadeev loyihani "inson qadr-qimmatini kamsituvchi" deb atadi.

Kiritildi: 20:36 20.02.2025. O'qildi: 1702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!