Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

"O‘qishga ketyapman deb o‘ylagandim..."

"O‘qishga ketyapman deb o‘ylagandim..."

Janubiy Koreyaning "The Chosun Daily" nashri Ukrainada asirga olingan, Rossiya tomonida jang qilgan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) snayperi bilan suhbat o‘tkazdi.

Shimoliy koreyalik mergan Ri atigi 26 yoshda, ammo armiyada 10 yildan beri xizmat qilmoqda. U "yagona o‘g‘il ekanligi va og‘ir kasal ota-onasi uchun juda xavotirda" ekanini aytdi: agar Pxenyan uning asirga tushganidan xabar topsa, ota-onasini poytaxtdan badarg‘a qilishlari mumkin.

"Meni go‘yo o‘qish uchun Rossiyaga yuborishdi, oqibatda esa Kursk yaqinida jang qildik," - dedi u.

Uning KPASOF (Koreya Xalq Armiyasi maxsus operasiyalar kuchlari) bo‘linmasi Kursk viloyatiga yuborilgan. Uning ta’kidlashicha, faqat voqea joyiga yetib borgandan so‘nggina ularga jangovar harakatlar bo‘lishi haqida xabar berilgan. Rining so‘zlariga ko‘ra, tarkibda 2500 ga yaqin shimoliy koreyalik askar bo‘lgan.

Infraqizil sensor tufayli hatto tunda ham nishonni aniqlay oladigan "shayton dronlar"ga qarshi kurashishga to‘g‘ri kelgan. Rining xizmatdoshlarining aksariyati dronlar va artilleriya zarbalaridan halok bo‘lgan. Rining qo‘li va jag‘i yaralangan.

"Bizda dronlarga qarshi kurashish ko‘nikmalari yetishmadi. Ukraina armiyasidagi barcha dron operatorlari Janubiy Koreya askarlari ekaniga bizni ishontirishgan edi," deydi Ri.

Jag‘ jarohati tufayli Ri qattiq ovqat yeya olmaydi. U ramyon orzu qiladi, lekin faqat bo‘tqa bilan cheklanishga majbur. U oilasi uchun xavotirda, ammo boshpana so‘rab Janubiy Koreyaga ketish haqida o‘ylamoqda.

Rining ishonchi komilki, Shimoliy Koreya tashqi aloqalarni buzmaslik uchun o‘z ishtirokini rasman inkor etmoqda. Biroq haqiqat shunday: "Men bilan kelganlarning deyarli barchasi halok bo‘ldi. Men yolg‘iz qoldim."

Kiritildi: 21:37 20.02.2025. O'qildi: 5306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!