Tel-Aviv janubidagi Bat-Yam shahrida qisqa vaqt ichida ikkita avtobus portlatib yuborilgan, uchinchisi esa ko‘p o‘tmay portlagan. Keyingi hujumlardan qo‘rqib, hokimiyat metro faoliyatini to‘xtatdi.
Isroil polisiyasiga ko‘ra, portlashlar avtobuslarga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Isroil rasmiylari voqeani terakt sifatida baholadi.
Portlovchi moddalarga «Tulkarm lageridan qasos» degan yozuv yozilgan”, — deydi mahalliy OAV. Bu hujumlar Isroilning mintaqada tajovuzkorligi kuchayayotgan bir paytda G‘arbiy Sohilda uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishi mumkin.
Isroil bosh vaziri portlashlar bo‘yicha Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi .