Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijtimoiy tarmoqda tarqalayotgan xabarlarni rad etdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalar 2025 yil 1 martdan va 1 avgustdan 10%ga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinadi.