Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniyani 2014 yilda Jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Germaniyani 2014 yilda Jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor.

"Championat.asia" sayti ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi germaniyalik mashhur mutaxassis Yoaxim Lyov bilan muzokaralar olib bormoqda. Lyov terma jamoamizni boshqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 65 yoshli mutaxassis 2014 yil Germaniya terma jamoasini Jahon chempioni qilgan va o‘sha yili FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. Lyov 2021 yilning mart oyida Germaniya terma jamoasi boshqaruvidan ketgan va o‘shandan beri hech qayerda ishlamagan.

Kiritildi: 18:30 13.07.2025. O'qildi: 3552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!