Fransuz nashri Le Monde yozishicha, AQShda Donald Trampning yangi antimigrasion siyosatlari tufayli, Ukrainadagi mojaro boshlangach Amerikaga kelgan ayrim ukrainaliklar Yevropaga qayta boshlamoqda.
«Yangi AQSh migrasiya siyosati tufayli yuzaga kelgan noaniqlik sharoitida, ukrainaliklar endi kelajaklari haqida ishonchga ega emas», — deb yozadi gazeta.
Nashrning ta’kidlashicha, ukrainaliklar deportasiya va boshqa jazo choralaridan qo‘rqib, ommaviy ravishda Yevropaga ko‘chib o‘tishmoqda. Le Monde yozishicha, ularning ko‘pchiligi AQSh rahbari Donald Trampdan ranjishgan — bu uning Ukraina hukumatini qo‘llab-quvvatlashdagi beqarorligi hamda urush boshlangandan keyin kelgan muhojirlarga nisbatan qattiq choralar tufayli sodir bo‘lgan.
Bundan avval BMTning Xalqaro migrasiya tashkiloti (XMT) rahbari Emi Poup shunday degan edi: "Kiyev va Moskva o‘rtasidagi uzoqqa cho‘zilgan mojaroga nisbatan charchoq hissi, shuningdek, Yevropa davlatlari va AQSh tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam miqdorining kamayishi — Ukraina qochqinlariga yordam berishga qaratilgan BMT loyihalari uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda".
Unga ko‘ra, Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lib saylangandan so‘ng, Vashington butun dunyo bo‘ylab muhojirlarga yordam berishga qaratilgan ko‘plab xalqaro dasturlarga moliyaviy ko‘makni to‘xtatishni e’lon qildi. Bu esa XMT va boshqa BMT agentliklarining mablag‘ yetishmovchiligi bilan to‘qnashishiga sabab bo‘ldi.