Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

SBU polkovnigi Ivan Voronich Rossiya maxsus xizmatlari agentlari tomonidan otib o‘ldirilgan

SBU polkovnigi Ivan Voronich Rossiya maxsus xizmatlari agentlari tomonidan otib o‘ldirilgan

Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari Vasiliy Malyuk ma’lum qildi.

Malyukning so‘zlariga ko‘ra, gumondorlar Kiyev viloyatida qo‘lga olinish chog‘ida qarshilik ko‘rsatgan va otib o‘ldirilgan. SBU rahbari ularni "Rossiya Federal Xavfsizlik xizmatining (FSB) agentlik-jangovar guruhi" deb atadi.

"Voronichni o‘ldirishda ikki kishi — bir erkak va bir ayol ishtirok etgan. Ular o‘z rahbarlari topshirig‘iga binoan polkovnikni kuzatishgan, harakat yo‘nalishlarini aniqlashgan. So‘ngra FSB kuratori ularga to‘pponcha va qurolni ovozini yuqotuvchi moslama (glushitel) saqlanayotgan yashirin joyning koordinatalarini bergan", deyiladi SBU xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Xavfsizlik xizmati polkovnigi Ivan Voronich 10 iyul kuni Kiyevning Goloseevskiy tumanida otib o‘ldirilgandi. E’lon qilingan kuzatuv kamerasi videosiga ko‘ra, Voronich uyining chiqqanidan ko‘p o‘tmay o‘ldirilgan.

The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, Voronich SBUning Rossiya va bosib olingan hududlarda operasiyalar olib boradigan 5-boshqarmasida xizmat qilgan. U bir muddat mazkur bo‘linmaga boshchilik qilgan. Ushbu bo‘linma Donbassdagi rossiyaparast kuchlar komandiri Arsen Pavlovning (laqabi “Motorola”) o‘ldirilishiga aloqador deya taxmin qilinadi

Kiritildi: 14:46 13.07.2025. O'qildi: 1461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!