Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Fransiya Prezidenti va Yevropa Ittifoqi AQShga tahdid qildi

Fransiya Prezidenti va Yevropa Ittifoqi AQShga tahdid qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Amerika bojlariga javob choralarini tezlashtirish lozimligini bildirdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida yozdi.

Makron Yevrokomissiya Yevropaning manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanini namoyon qilishi kerakligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, agar 1 avgustgacha kelishuvga erishilmasa, samarali qarshi choralarni tayyorlash jarayonini tezlashtirish kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen ham AQSh Yevropa tovarlariga 30 foiz boj joriy etsa, YEI javob choralari ko‘rishga tayyor ekanini bildirdi. U shunday dedi:

"Evropa Ittifoqi manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz, zarurat tug‘ilsa, nisbatan qat’iy qarshi choralar ham joriy etiladi."


Ma’lumot uchun, Tramp 1 avgustdan boshlab Yevropa va Meksikadan keladigan tovarlarga 30 foizlik boj joriy qilinishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, agar Yevropa yoki Meksika rahbariyati javob tarifi joriy etsa, AQSh ularni o‘z bojlariga qo‘shib yuboradi. Shuningdek, avgustdan boshlab Kanada tovarlariga ham 35 foiz boj belgilanadi.

"Agar boshqa davlatlar boj joriy eta olarkan, ammo biz unga tez va samarali javob qaytara olmasak, mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan omon qololmaydi", —
dedi Donald Tramp, AQSh prezidenti.


Qishloq xo‘jaligi vazirining bayonoti

Iyul oyi boshida AQSh qishloq xo‘jaligi vaziri Bruk Rollinz ayrim tovarlarga bojlarni qisman bekor qilish imkoni borligini aytdi. Ular qatoriga AQShda yetishtirish qiyin bo‘lgan mahsulotlar, masalan, kakao va qahva kiradi. Bu mahsulotlar narxi so‘nggi paytlarda oshib ketgan.

Kiritildi: 09:12 13.07.2025. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!