CBS News manbalariga ko‘ra, Tramp muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlaridan 5 milliard dollarni Ukrainaga berish uchun musodara qilish imkoniyatiga ega.
Nashrning ta’kidlashicha, xuddi shunday imkoniyat avvalroq Baydenda ham bo‘lgan, biroq u undan foydalanmagan.
Manbalarga ko‘ra, Tramp, shuningdek, avvalgi administrasiyadan qolgan 3,85 milliard dollar mablag‘ga ega bo‘lib, uni Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun sarflash imkoniga ega.