Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Iroq JCH-2026 saralash o‘yinlari ishtirok etish uchun jiddiy muammoga duch keldi

Iroq JCH-2026 saralash o‘yinlari ishtirok etish uchun jiddiy muammoga duch keldi

Iroq futbol assosiasiyasi rasman bayonot berib, mart oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan qit’alararo saralash bosqichida ishtirok etishi kerak bo‘lgan jamoa bilan bog‘liq ikki muammoni ma’lum qildi:

— Jamoa jismonan mintaqani tark eta olmaydi, chunki harbiy harakatlar sabab qo‘shni davlatlardagi barcha aeroportlar yopilgan;

— Mintaqa mamlakatlaridagi Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi va Meksika elchixonasi faoliyati to‘xtatilgani bois delegasiyaning ayrim a’zolari viza olish imkoniyatiga ega emas.

Ma’lumot o‘rnida. Iroq milliy jamoasi AQShda qisqa o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni, shundan so‘ng Meksikaga uchib borib JCH-2026 yo‘llanmasi uchun qit’alararo saralash o‘yinida ishtirok etishni rejalashtirgan edi.

Kiritildi: Bugun 11:40. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!