Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Iqtidorli yoshlarga katta imkoniyat: 102 nafar bitiruvchi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetiga davlat grantini yutdi

Iqtidorli yoshlarga katta imkoniyat: 102 nafar bitiruvchi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetiga davlat grantini yutdi

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan o‘tkazilgan birinchi imtihon natijalariga ko‘ra 102 nafar yosh va iqtidorli abituriyent davlat granti asosida o‘qish huquqini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu grantlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ajratilgan bo‘lib, sohaga bilimli, tashabbuskor va ilg‘or fikrlaydigan mutaxassislarni jalb etish maqsadini ko‘zlaydi.

Yuksak maqsad – zamonaviy mutaxassislar tayyorlash

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro andozalarga javob beradigan, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirgan ta’lim dasturlari orqali talabalarni tayyorlashni maqsad qilgan. Bu yerda talabalar nafaqat an’anaviy fanlardan saboq oladilar, balki zamonaviy agrotexnologiyalar, raqamli boshqaruv tizimlari, resurs tejamkor innovasiyalarni ham chuqur o‘zlashtiradilar.

Ushbu grant yutib olgan bitiruvchilar respublikaning turli hududlardan tashrif buyurishdi. Bugun sertifikatlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Ayni paytda universitet tomonidan 2025-2026 o‘quv yili uchun saralash jarayonlari davom etmoqda va bu yana ko‘plab yoshlar uchun imkoniyat eshiklarini ochib beradi.

Hujjatlaringizni https://admission.iau.uz/auth/check-user platformasi orqali onlayn topshiring va o‘z Grant o‘rningizni band qilishga shoshiling.

Kiritildi: 09:26 28.04.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!