Muhammad Serajning aytishicha, bunga ishora qiluvchi “dalillar” mavjud.
«Portlovchi moddalar konteynerlarga yoki ular ishlab chiqarilgan mamlakatda, yoki tashish yo‘lida joylashtirilgan. Biz portlovchi moddalarni konteynerlarga joylashtirishda ichki manbalar ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmaymiz. Portlash to‘rtta turli joyda yuz berdi», dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 26 aprel kuni Eron janubidagi Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajai portida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlash natijasida 50dan oshiq kishi vafot etdi, 1200 nafardan ziyod odam turli darajada yaralangan.