Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Rus tilidagi dunyo: Lavrov Rossiyaning talablarini ma’lum qildi

Rus tilidagi dunyo: Lavrov Rossiyaning talablarini ma’lum qildi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Braziliyaning "O Globo" nashriga bergan intervyusida Moskvaning urushni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun asosiy talablarini bayon etdi.

Asosiy shart - Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiyaga tegishliligi xalqaro miqyosda tan olinishi.

Lavrovning aytishicha, Kiyevning majburiyatlari qonuniy jihatdan mustahkamlanishi, nazorat mexanizmlari bilan ta’minlanishi va muddatsiz amal qilishi lozim.

Rossiyaning boshqa talablari qatorida:

- Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishi, betaraf maqomga ega bo‘lishi;
- Ukrainani harbiy qurolsizlantirish va nasizmdan tozalash;
- Rossiya bilan muzokaralar olib borish taqiqini bekor qilish;
- Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish, mol-mulkni xatlash va sud da’volarini to‘xtatish;
- Zaporoje atom elektr stansiyasi ustidan Rossiya nazoratini saqlab qolish;
- rus tili, madaniyati va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni cheklovchi Ukraina qonunlarini bekor qilish.
-

Bundan oldin Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin hech qanday dastlabki shartlarsiz muzokaralarga tayyor ekanligini va Moskva Kiyevdan "signal" kutayotganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, Donald Tramp Qrim va boshqa bosib olingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olish, shuningdek, Ukrainaning NATOdan voz kechishini nazarda tutuvchi rejani ilgari surmoqda.

Kiritildi: 21:45 28.04.2025. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!