Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Ispaniyadagi favqulodda holat tufayli «Barselona» - «Inter» uchrashuvi boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin

Ispaniyadagi favqulodda holat tufayli «Barselona» - «Inter» uchrashuvi boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin

El Desmarque xabariga ko‘ra, Ispaniyada elektr energiyasining o‘chib qolishi tufayli Chempionlar Ligasi yarim finalidagi "Barselona" - "Inter" uchrashuvi ko‘chirilishi mumkin.

Qayd etilishicha, "Inter" bugun kunning ikkinchi yarmida Kataloniya poytaxtiga yetib kelishi rejalashtirilgan, ammo ularning safari elektr ta’minotidagi muammolar tufayli xavf ostida qolishi mumkin, bu muammolar allaqachon aviareyslarning bekor qilinishiga olib keldi.

Bundan tashqari, Reuters xabariga ko‘ra, Ispaniya Ichki ishlar vazirligi tegishli so‘rov bilan murojaat qilgan hududlarda favqulodda holat e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv 30 aprelga belgilangan, boshlanish vaqti - 00:00 (Toshkent vaqti bilan).

Eslatib o‘tamiz, kecha Ispaniya, Portugaliya, shuningdek, Fransiyaning janubi-g‘arbida keng ko‘lamli elektr energiyasi uzilishi sodir bo‘ldi. Elektr ta’minotidagi uzilish Lissabon va Madrid kabi shaharlarda ham jamoat hayotini falaj qilib qo‘ydi.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 3939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!