Ukraina prezidenti Rossiya rahbarining 8 maydan 10 maygacha o‘t ochishni to‘xtatish rejasi haqidagi bayonotiga javoban zudlik bilan sulh kelishuviga erishishni taklif qildi.
Zelenskiy Putinning taklifini “navbatdagi manipulyasiya urinishlaridan biri” deb atadi va o‘t ochishni to‘xtatish uchun yana bir yarim hafta kutish zarurligiga ajablanishini bildirdi.
"Biz odamlar hayotini qadrlaymiz, paradlarni emas. Aynan shuning uchun biz “8 maygacha kutishga hech qanday sabab yo‘q” deb o‘ylaymiz. O‘t ochish bir necha kunga emas, kamida 30 kunga darhol, to‘liq va shartlarsiz to‘xtatilishi kerak. Bu haqiqiy diplomatik muzokaralarga asos bo‘la oladi", — deya ta’kidladi Zelenskiy.