Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

"El-Klasiko" oldidan "Barselona" muxlislari uchun xushxabar bor

"El-Klasiko" oldidan "Barselona" muxlislari uchun xushxabar bor

"Barselona"ning germaniyalik darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Darvozabon "ko‘k-anorranglilar"ning Ispaniya kubogi finalida "Real"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilgan. Bu haqda Kataloniya top-klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ter Shtegen tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘tgan yilning kuzidan buyon "Barselona" o‘yinlarida ishtirok etmayotgandi. Darvozabonning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Uning transfer narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

"Barselona"ning "Real"ga qarshi o‘yini ertaga, 26 aprel kuni Sevilyadagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv bosh hakamining boshlang‘ich hushtagi Toshkent vaqti bilan 01:00 da yangraydi

Kiritildi: 15:19 25.04.2025. O'qildi: 5370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!