Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

30 kun, 3 kun emas. Kiyev va Vashington Putinning tinchlik taklifiga javob berdi

30 kun, 3 kun emas. Kiyev va Vashington Putinning tinchlik taklifiga javob berdi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Kiyev uzoq muddatli va ishonchli o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi, ammo Rossiyani 8 mayni kutmasdan darhol jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

U bu haqda Telegramda xabar berdi.

"Agar Rossiya chindan ham tinchlik istasa, u hoziroq, istalgan sanadan boshlab, kamida 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishi kerak. Shunda bu shunchaki namoyish uchun emas, balki haqiqiy bo‘ladi," - deya ta’kidladi Sibiga va Ukraina doimo aynan uzoq muddatli va to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilayotganini qo‘shimcha qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainada vaqtinchalik emas, balki doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni xohlayotganini aniq aytdi. Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt Vladimir Putinning 8-10 may kunlari "barcha jangovar harakatlarni" to‘xtatish haqidagi bayonotiga shunday izoh berdi, deb xabar qilmoqda Reuters. U yana qo‘shimcha qildiki, Donald Tramp ham Putindan, ham Zelenskiydan tobora ko‘proq norozi bo‘layotgani va prezidentlar muzokaralar stoliga o‘tirishlari kerak, deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 20:42 28.04.2025. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!