Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Ipoteka kreditlari talablari yengillashtirildi

Ipoteka kreditlari talablari yengillashtirildi

Shvesiya hukumati uy sotib olishni osonlashtirishga qaratilgan islohotni taklif qildi. Ushbu o‘zgarishlar, ayniqsa, yoshlar va bolali oilalar uchun foydali bo‘ladi, deb yozadi Azertadj.

Yangi qoidalar 2026 yil 1 apreldan kuchga kiradi. Islohot doirasida ipoteka krediti limiti oshiriladi va kreditni tezda to‘lash bo‘yicha qat’iy talab bekor qilinadi.

Yangi tartib-qoidaga ko‘ra, endi uy sotib oluvchilar mulk qiymatining 90 foizgacha bo‘lgan qismini qarzga olishlari mumkin bo‘ladi. Ilgari bu ko‘rsatkich 85 foizni tashkil etgan edi. Natijada, dastlabki to‘lov 10 foizgacha kamayadi. Bundan tashqari, qarzi yillik daromadining 4,5 baravaridan oshadigan fuqarolar uchun kreditni tezda to‘lash majburiyati bekor qilinadi. Biroq, asosiy amortizasiya talablari saqlanib qoladi.

Hukumatning ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlar uy xo‘jaliklarining oylik moliyaviy yukini sezilarli darajada kamaytiradi. Masalan, xususiy uyda yashovchi bolali oila oyiga bir necha yuz dollar tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yoshlar uchun esa dastlabki depozitni yig‘ish muddati 2–4 yilgacha qisqartiriladi.

Biroq, mutaxassislar islohot uy-joy narxlarining oshishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiryapti. Prognozlarga ko‘ra, uy-joy narxlari 2026–2027 yillarda yiliga 5–6 foizga oshishi mumkin. Bu aholi orasida qarz yukining ortib borayotgani haqida xavotir uyg‘otmoqda.

Shu munosabat bilan rasmiylar muvozanatli choralar ko‘rishga va’da berdilar. Xususan, barcha kreditlarni amortizasiya qilishni rag‘batlantirish, qo‘shimcha qarz olishga cheklovlar qo‘yish, banklarning kapital zaxiralariga talablarni kuchaytirish va Shvesiya markaziy banki Riksbankning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi rolini oshirish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 21:11 19.12.2025. O'qildi: 2051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!