Iordaniya hukumati Telegram messenjerini bloklab qo‘ydi. Ushbu chora orqali raqamli xavfsizlikni oshirish, foydalanuvchilarni himoya qilish, noqonuniy harakatlarni va xavfni kamaytirish ko‘zlangan. Bu haqda Amman News xabar berdi.
“Mazkur chora messenjerdan kiberjinoyatchilikka, tahdid va tovlamachilikka ko‘maklashish, noqonuniy kontentni tarqatish uchun foydalanishning oldini olishga qaratilgan”, deyiladi xabarda.
16 noyabr kuni Iordaniyadagi foydalanuvchilar Telegram serverlariga ulanishdagi qiyinchiliklar, jumladan, xabarlar va multimedia fayllarini yuborish hamda qabul qilishdagi muammolar haqida xabar bergan.
Messenjerning taqiqlanishi Iordaniyadagi cherkovda oktyabr oyida yuz bergan hujumning uch tashkilotchisi o‘limga hukm qilingani ortidan e’lon qilindi. Mazkur hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 30 nafardan ortiq odam yaralandi. Rasmiylar Telegram bloklanishini rasman cherkovda sodir etilgan hujum bilan bog‘lamagan.