Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

“Incheon International Airport Corporation” bilan o‘zaro manffatli hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi

“Incheon International Airport Corporation” bilan o‘zaro manffatli hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga tashrif doirasida “Incheon International Airport Corporation” prezidenti vazifasini bajaruvchi Kim Bom Xo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Urganch xalqaro aeroportini modernizasiya qilish va Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

“Incheon International Airport Corporation” kompaniyasining Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochish rejalari qo‘llab-quvvatlandi. Uning negizida aeroportlarni boshqarish, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha kompetensiyalar markazini tashkil etish taklifi bildirildi.

Koreya tomoni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishni davom ettirish, aeroportlarni boshqarish sohasida ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy etish hamda O‘zbekiston bilan uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga tayyorligini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:31 15.09.2026. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!