Ilon Mask Fransiyadagi maktab o‘quvchilarining namoyishlari haqida fikr bildirib, bu holatni “sekin bosqin” deb atadi.
“Bu sekin bosqin, ammo shunga qaramay, bosqin. Bosqinni qo‘llab-quvvatlayotganlar esa xoinlar va ular barcha xoinlar kabi jazolanishi kerak”, — deb yozdi Mask Trampning namoyishlar haqidagi bayonotiga izoh berib, X ijtimoiy tarmog‘ida.
Biroq tadbirkor Fransiyaga aynan kimlar “bosqin qilayotgani” va uning fikricha, ularni qo‘llab-quvvatlayotganlar qanday jazoga tortilishi kerakligini aniqlashtirmadi.