Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask rekord darajadagi deyarli 440 milliard dollarga yetdi. Bu uni tarixda boyligi 400 milliard dollardan oshgan birinchi shaxsga aylantiradi.
Qayd etilishicha, 2022 yil oxirida Maskning boyligi keskin pasayib, bozordagi o‘zgaruvchanlik va kompaniyalari aksiyalari qiymatining pasayishi tufayli 200 milliard dollardan ko‘proq yo‘qotgan. Biroq so‘nggi oylarda uning kapitali tez o‘sishni boshladi, bu qisman bozorlarning Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasiga ijobiy munosabati bilan bog‘liq.
Ilon Mask o‘zining loyihalari va muvaffaqiyatlari bilan jahon sarmoyaviy hamjamiyatining e’tiborini tortishda davom etib, dunyodagi eng boy odam sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda.