Bugun 2 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Iliyana Yotova Bolgariya prezidenti etib saylandi

Iliyana Yotova Bolgariya prezidenti etib saylandi

Markaziy saylov komissiyasi byulletenlarning 99,95 foizini hisoblab chiqqandan keyin e’lon qilgan natijalarga ko‘ra, amaldagi prezident Iliyana Yotova vise-prezidentlikka nomzod Kirill Vilchev bilan birgalikda ikkinchi turda saylovchilarning 57,58 foiz ovuni qo‘lga kiritdi. Ularning raqibi — sobiq bosh vazir Andrey Gyurov va Georgiy Kandev juftligi 39,46 foiz ovoz oldi. Gyurov allaqachon mag‘lubiyatini tan olib, bu natija u uchun kutilmagan bo‘lganiga qaramay, ovoz berish yakunlarini qabul qilishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bolgarihani «og‘ir damlar» kutmoqda.

Ushbu saylovlar Bolgariyaning tashqi siyosati, xususan, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Sofiyaning Moskva bilan munosabatlari masalasida hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanar edi. Sobiq jurnalist va Yevroparlamentning sosial-demokratlar fraksiyasi sobiq deputati Iliyana Yotova siyosiy raqiblariga nisbatan Rossiyaga ko‘proq xayrixoh pozisiyani egallab, Kreml bilan muzokaralar olib borishni yoqlab chiqadi. O‘z navbatida, Andrey Gyurov liberal-konservativ muxolifat ko‘magiga tayangan holda proyevropey va proukraincha qarashlarni ifodalar edi.

Bolgariya milliy radiosi taqdim etgan ekzitpol ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi turda saylovchilarning ishtiroki 27,2 foizni tashkil qildi. Birinchi turda esa saylov qatnashchilari yanada kamroq — atigi 23 foiz bo‘lgan edi.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!