Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro O.I. “Nurafshon” MFY hududidagi novvoyxonada tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga va fuqaro R.N. (muqaddam sudlangan) “Gulbog‘” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 263,4 so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro SH.Y. “Amir Temur” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 183,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.