AQSh prezidenti Donald Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Eron biz bilan muzokaralar o‘tkazishni judayam istayapti, lekin hozircha qilinishi kerak bo‘lgan harakatlarga tayyor emas. Menimcha, vaqt o‘tishi bilan ular tayyor bo‘ladi;
◾️ Biz Eron bilan gaplashyapmiz, ammo men ular bilan kelishuv tuzishni istaymanmi-yo‘qmi bunga ishonchim komil emas;
◾️ Eron rahbariyatining katta qismi o‘ldirilgan, shuning uchun kim bilan kelishuv tuzishimiz ham noaniq;
◾️ Eronning “kamikadze-qayiqlari” haqidagi videolar feyk, ular sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan. Eronning amaldagi rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun 250 ming kishi ishtirok etgan miting haqidagi xabar ham feyk, u ham sun’iy intellekt orqali yaratilgan.
◾️ Men mamlakatlardan o‘zlari neft va gaz oladigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini himoya qilishda yordam berishni talab qilaman. AQSh u yerda bo‘lishga majbur emas, bizda o‘z neft zaxiralarimiz yetarli.