Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

IIV ogohlantirish bilan chiqdi

IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Ehson bahonasida terroristik tashkilotlarga pul o‘tkazayotganlar ogohlantirildi. Bu haqda IIV ma’lumot berdi.

Jumladan, internetdagi "Sahovatli qo‘llar" va "Murg‘ak qalblar" kabi jamg‘armalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti a’zosi, Qirg‘iziston fuqarosi Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

2016 yildan buyon Suriyada bo‘lib turgan ushbu shaxsga Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari qidiruv e’lon qilgan.

Bundan tashqari Janubiy Koreyada ham O‘zbekiston fuqarosi G‘azoga yordam bahonasida terroristik tashkilot uchun pul yig‘ayotgani aniqlandi. Shunga o‘xshash o‘nga yaqin holat aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan JKning 155-moddasi bo‘yicha ish ochilgan.

Kiritildi: Bugun 12:30. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!