Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

IFFHS Lionel Messini 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topdi

IFFHS Lionel Messini 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topdi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) Shimoliy Amerikada o‘tkazilgan 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi. Ushbu nomga 39 yoshli argentinlik hujumchi Lionel Messi loyiq topildi.

«Tanlov statistik ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirildi. Messi bizning talqinimizga ko‘ra eng yaxshi futbolchi», — deyiladi federasiya bayonotida.

Yakuniga yetgan mundialda argentinlik hujumchi o‘z hisobiga sakkizta gol va to‘rtta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Argentina terma jamoasi jahon chempionatining kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Final bahsida Lionel Skaloni shogirdlari Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida minimal hisobda mag‘lub bo‘lishdi.

Kiritildi: 14:09 22.07.2026. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!