Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

IFFHS Jahon chempionatida ishlagan hakamlar reytingini e’lon qildi. Tantashev nechanchi o‘rinda?

IFFHS Jahon chempionatida ishlagan hakamlar reytingini e’lon qildi. Tantashev nechanchi o‘rinda?

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) Jahon chempionatida ishlagan hakamlarning reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev 10-pog‘onadan joy oldi. U mundialda 2ta guruh uchrashuvi (Shotlandiya — Marokash va Jazoir — Avstriya) hamda 1ta pley-off o‘yinini (Paragvay — Fransiya) boshqardi. Tantashev bitta uchrashuvda o‘rtacha 2ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

Reytingda final uchrashuvini boshqargan sloveniyalik hakam Slavko Vinchich peshqadamlik qilmoqda. Angliya va Argentina o‘rtasidagi yarim finalni boshqargan amerikalik hakam Ismoil Elfat 2-o‘rindan joy olgan.

3-o‘rin salvadorlik Ivan Bartonga nasib qilgan. Umumiy hisobda 2026-yilgi Jahon chempionati o‘yinlarida 52 nafar bosh hakam faoliyat olib bordi.

Jahon chempionatida ishlagan eng yaxshi 10 nafar hakamlar reytingi quyidagicha:

1.Slavko Vinchich (Sloveniya)
2. Ismoil Elfat (AQSh)
3.Ivan Barton (Salvador)
4. Kleman Tyurpen (Fransiya)
5. Maykl Oliver (Angliya)
6. Joao Pedro Pineyro (Portugaliya)
7. Fakundo Telyo (Argentina)
8. Xesus Valensuyela (Venesuela)
9. Adham Muhammad (Iordaniya)
10. Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston).

Kiritildi: 16:34 23.07.2026. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!