Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

IBA Abdumalik Halokov ishtirokidagi jangda yuz bergan “quloq tishlash” epizodi bo‘yicha qaror qabul qildi

IBA Abdumalik Halokov ishtirokidagi jangda yuz bergan “quloq tishlash” epizodi bo‘yicha qaror qabul qildi

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) Dubayda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati final jangiga oid rasmiy ma’lumotni e’lon qildi. Ma’lumki, −60 kg vazn toifasida o‘tgan Abduqodir Halokov va rossiyalik Vsevolod Shumkov o‘rtasidagi final jangida bahsli holat yuzaga kelgandi. Jang davomida raqib bokschi Halokovning qulog‘ini tishlab olgan edi.

IBA xabariga ko‘ra, ushbu holat tasodifiy deb topilgan va jang natijasiga ta’sir ko‘rsatmagan. Shu sababli final bahsining natijasi o‘zgarmasdan qoldirilgan. Qayd etilishicha, referi voqeaga juda yaqin bo‘lgan va jangni to‘xtatish uchun asos ko‘rmagan. Shuningdek, IBA ma’lumotida Halokov bahsni odatdagi tartibda davom ettirgani ta’kidlangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur holat bo‘yicha musobaqa yakuniga qadar apellyasiya bermagani ham aytiladi.

“Musobaqalarimizning halolligi biz uchun eng muhim masala bo‘lib, bunga hech qachon putur yetkazilmaydi. Ushbu holatni baholashda mutaxassislar jalb etildi va yakuniy qaror texnik delegasiya tomonidan tasdiqlandi. Natijani o‘zgartirish vakolati muddati o‘tganligi sababli, texnik delegat masalani BIIU (halollik va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi mustaqil organ)ga topshirishni tavsiya qildi. Agar zarur deb topilsa, sportchiga jarima qo‘llanadi. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, har qanday vaziyatda sportchilarning manfaatlari biz uchun ustuvor bo‘lib qoladi”, dedi IBA bosh kotibi va bosh ijrochi direktori Kris Roberts.

Shu tariqa, jang natijasi o‘zgarmadi va Abduqodir Halokov Jahon chempionatini kumush medal bilan yakunladi. Vsevolod Shumkov esa oltin medalni o‘zida saqlab qoldi.

Kiritildi: Bugun 10:22. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!