Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Husanov to‘liq o‘ynagan o‘yinda "Manchester Siti" g‘alaba qozondi

Husanov to‘liq o‘ynagan o‘yinda "Manchester Siti" g‘alaba qozondi

"Manchester Siti" Angliya Liga Kubogi 1/2 final javob o‘yinida "Nyukasl"dan ustun keldi - 3:1. O‘yin Manchesterdagi "Etihad" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida "shaharliklar" hujumchisi Omar Marmush hisobni ochdi. Oradan 20 daqiqa o‘tib, u dubl qayd etgan bo‘lsa, Tijani Reynders hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ikkinchi bo‘lim boshida Entoni Elanga gol urdi.

Birinchi o‘yinda "Siti" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, shuning uchun ikki o‘yin natijasiga ko‘ra finalga chiqdi.

Mazkur bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi va alohida harakatlari bilan ajralib turmadi.

Finalda "Manchester Siti" "Chelsi"ni mag‘lub etgan "Arsenal" bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 22 mart, yakshanba kuni "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!