Ho‘rmuz bo‘g‘ozida ikkita tanker dengiz minalariga urilishi oqibatida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) Harbiy-dengiz kuchlari ma’lum qildi.
«Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qoidalarni buzgan ikkita tanker dengiz minalariga urilishi natijasida portladi va yonib ketdi», — deya KSIR bayonotidan iqtibos keltiradi Press TV telekanali.