Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Humoyun Sultonov Nigeriyada Devis kubogida g‘alaba qozondi

Humoyun Sultonov Nigeriyada Devis kubogida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hozirda Nigeriyaning Lagos shahrida o‘tayotgan Devis kubogida ishtirok etmoqda.

Jahon guruhi II pley-off bosqichi doirasidagi birinchi o‘yin kunida Humoyun Sultonov raqibi Kanis Abua ustidan 6-3, 6-4 hisobida yorqin g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, Devis kubogi — erkaklar tennisi bo‘yicha eng yirik xalqaro jamoaviy musobaqa hisoblanadi. U 1900-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadi, 1979-yildan esa Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) homiyligida tashkil etiladi.

Kiritildi: 22:03 07.02.2026. O'qildi: 1345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik