Skulptura belgiya shokoladidan tayyorlangan edi. De Veverning aytishicha, Belgiyada uning zaxira nusxasi bor va u Modiga keyinroq butun holda yetkazib beriladi.
Belgiya bosh vaziri sovg‘a tanlashda ikki davlatning umumiy tarixini inobatga olgan. «Hindiston darvozasi»da Birinchi jahon urushida, jumladan hozirgi Belgiya hududida halok bo‘lgan Britaniya Hindistoni harbiylarining nomlari abadiylashtirilgan.
Tashrif davomida Hindiston va Belgiya savdo, mudofaa, toza energetika hamda xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi. Belgiya delegasiyasi mudofaa sanoati bo‘yicha bir qator kelishuvlarni ham imzoladi.