Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Haydovchilik guvohnomasini 43 mln so‘mga olib bermoqchi bo‘lgan shaxs sudlandi

Haydovchilik guvohnomasini 43 mln so‘mga olib bermoqchi bo‘lgan shaxs sudlandi


Namangan shahrida fuqaro tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, buning evaziga 2 500 AQSh dollari va 13 mln so‘m talab qilgan.

U jabrlanuvchidan jami 43 243 000 so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga uringan. Biroq 2026 yil 21 aprel kuni pulni olayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida ushlangan.

Namangan shahar sudining 2026 yil 19 oktyabrdagi hukmi bilan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 2-qismi «a» bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Sud hukmiga ko‘ra, unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 20:56 12.11.2026. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik