Pep Gvardiola joriy yilda Italiya terma jamoasini boshqarmaydi.
Avvalroq, Italiya futbol federasiyasi (FIGC) texnik direktori Paolo Maldini va maslahatchi Leonardo o‘tgan hafta Barselonada "Manchester Siti"ning sobiq bosh murabbiyi bilan bir necha bor uchrashgani haqida xabar berilgandi.
ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, Gvardiolaning Italiya federasiyasi bilan muzokaralari taxminan bir daqiqa davom etgan – murabbiy o‘z faoliyatida kamida bir yillik tanaffus qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, Italiya terma jamoasi Pepni keyingi yili taklif qilish imkoniyatini istisno etmayapti, chunki 2027 yilning yozida hech qanday xalqaro turnirlar o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, kataloniyalik mutaxassisni taklif qilishga boshqa bir nechta terma jamoalar ham qiziqish bildirayotgani xabar qilinmoqda.