Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Guam qirg‘oqlari yaqinida o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketani tutib olish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli sinovi o‘tkazildi — Pentagon

A A A
Guam qirg‘oqlari yaqinida o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketani tutib olish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli sinovi o‘tkazildi — Pentagon

"Raketaga qarshi mudofaa agentligi AQSh Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda ballistik raketani real vaqt rejimida birinchi muvaffaqiyatli tutib olishga erishdi", deyiladi Pentagon bayonotida.

Qayd etilishicha, buning uchun Amerikaning Aegis raketaga qarshi mudofaa tizimi AN/TPY-6 radar va vertikal uchirish tizimi bilan birlashtirilgan.

Bu sinov Rossiyaning “Oreshnik” o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketasidan foydalanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Rossiya “Oreshnik” raketalari dunyodagi hech qanday havo hujumidan mudofaa tizimi urib tushira olmasligini e’lon qilgan.

Kiritildi: 22:12 10.12.2024. O'qildi: 1251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!